Bosh sahifaga qaytish

Donni qayta ishlovchi korxonalarga imtiyozlar berildi

26.08.2018

Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishga ruxsat etildi.

2018 yil 1 sentyabrdan donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tizimi joriy etildi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi.